Xorazmda Latviyalik ish beruvchilar bilan yuk mashinasi haydovchilari uchun imtihonlar bo‘lib o‘tadi
1 daqiqa o'qish 32 ko'rish
Joriy yilning 31-iyul va 1-avgust kunlari Xorazm viloyatida Yevropada ishlash istagida bo‘lgan yuk mashinasi (trak) haydovchilari uchun mas’uliyatli va muhim sinov jarayonlari bo‘lib o‘tadi.
Imtihonlar Latviyadan tashrif buyuradigan xorijiy ish beruvchilar hamda mutaxassislar ishtirokida bevosita o‘tkaziladi. Tanlovda o‘z kasbiy mahorati va amaliy ko‘nikmalarini namoyish etib, muvaffaqiyatli o‘tgan nomzodlar Yevroittifoq hududida qonuniy va kafolatlangan ish o‘rniga ega bo‘lishadi.
Nomzodlar uchun yaratilgan qulayliklar:
- Imtihon xarajatlari qoplanadi: “Getwork” XBA o‘z an’anasiga muvofiq, imtihondan muvaffaqiyatli o‘tgan haydovchilarning barcha imtihon to‘lovlarini o‘z hisobidan to‘lab beradi.
- Qonuniy va rasmiy ish: Latviyaning yetakchi transport va logistika korxonalarida rasmiy shartnoma asosida faoliyat yuritish imkoniyati yaratiladi.
Izohlar (6)
- Elmurod27-iyl, 2026, 14:45
CE kategpriya bor xozirda Xitoy Belarusiyaga qatnayapman
- Dilshod27-iyl, 2026, 15:37
CE
- Nodir28-iyl, 2026, 07:00
Nagap
- Bobur28-iyl, 2026, 18:23
Chip kartam yoʻq
- Хамдам29-iyl, 2026, 09:39
Хама катигория бор чип карта бор
- Ergash30-iyl, 2026, 19:20
Узим фурачиман хозир Каракалпакстандаман етиб борсам топшираман
Tavsiya etiladigan maqolalar
Qatar mehnat qonunchiligidagi yangi o'zgarishlar o'zbekistonliklar uchun qanday imkoniyatlar yaratadi?
09:42, 1-avg, 2026 1
Xorazmda Latviyalik ish beruvchilar ishtirokida yuk mashinasi haydovchilari uchun amaliy imtihonlar boshlandi
08:13, 31-iyl, 2026 4
Germaniyada ijtimoiy ta’minot tizimi o‘zgardi: yangi qoidalar O‘zbekiston fuqarolari uchun nimani anglatadi?
06:59, 30-iyl, 2026 12