← Blog

Kasbiy ta’lim agentligi rahbariyati Xorazmdagi texnikumlar va “Getwork” hamkorligidagi loyihalar bilan tanishdi

1 daqiqa o'qish 6 ko'rish
Kasbiy ta’lim agentligi rahbariyati Xorazmdagi texnikumlar va “Getwork” hamkorligidagi loyihalar bilan tanishdi

Kasbiy ta’lim agentligi direktori Xorazm viloyatiga tashrif buyurib, hududdagi kasbiy ta’lim muassasalari faoliyati, ta’lim sifati hamda infratuzilmani rivojlantirish bo‘yicha amalga oshirilayotgan ishlar bilan yaqindan tanishdi.

Tashrifda Xorazm viloyati hokimi o‘rinbosari S. Salayev, Qo‘shko‘pir tumani hokimi Shuhrat Ahmedov, viloyat Kasbiy ta’lim boshqarmasi boshlig‘i Otabek Saidov, Migratsiya bo‘limi boshlig‘i G‘. Ishemmetov, “Getwork” xususiy bandlik agentligi vakillari hamda boshqa mutasaddi tashkilotlar xodimlari ishtirok etishdi.

Tashrif davomida quyidagi obyektlar va loyihalar ko‘zdan kechirildi:

Xorazm Ilg‘or kasbiy mahorat texnikumi: Olib borilayotgan qurilish-ta’mirlash ishlari va yaratilayotgan sharoitlar o‘rganildi.

Urganch shahar 2-son texnikumi: Migratsiya agentligining viloyat bo‘limi, “Getwork” xususiy bandlik agentligi va texnikum hamkorligida tashkil etilgan ISO 9606 xalqaro payvandchi sertifikati bo‘yicha o‘quv kursi faoliyati ko‘zdan kechirildi.

Qo‘shko‘pir tuman 1-son texnikumi: O‘quv jarayoni, zamonaviy ustaxonalar, axborot-resurs markazi, Call-markaz hamda yangi tashkil etilgan avtodrom faoliyati baholanib, ta’lim sifatini oshirish bo‘yicha tavsiyalar berildi.

“Do‘stlik” bolalar oromgohi: Bolalarning mazmunli hordiq chiqarishi va xavfsizlik sharoitlari o‘rganildi.

Qo‘shko‘pir tuman 4-son texnikumi: YUNESKO loyihasi doirasida ta’mirlangan zamonaviy laboratoriya va o‘quv ustaxonalari ko‘zdan kechirildi.

Izohlar (0)

Izoh qoldirish

Tavsiya etiladigan maqolalar