← Blog

“Getwork” XBA da hududiy filiallar uchun seminar o‘tkazildi va jamiyat faoliyati sarhisob qilindi

1 daqiqa o'qish 5 ko'rish
“Getwork” XBA da hududiy filiallar uchun seminar o‘tkazildi va jamiyat faoliyati sarhisob qilindi

“Getwork” xususiy bandlik agentligi bosh idorasi tomonidan hududiy filiallar faoliyatini takomillashtirish hamda ko‘rsatilayotgan xizmatlar sifatini oshirish maqsadida maxsus seminar-trening tashkil etildi. Tadbirda agentlikning hududiy filiallari xodimlari ishtirok etishdi.

Seminar davomida xodimlarga agentlik tomonidan yangi yo‘lga qo‘yilgan zamonaviy raqamli platforma taqdimoti o‘tkazildi. Xodimlarga platformaning imkoniyatlari, undan samarali foydalanish hamda mijozlarga xizmat ko‘rsatish jarayonini soddalashtirish bo‘yicha batafsil yo‘riqnomalar berildi. Ishtirokchilar o‘zlarini qiziqtirgan barcha savollarga atroflicha javob olishdi.

Bundan tashqari, yig‘ilish doirasida “Getwork” XBAning o‘tgan davr mobaynidagi faoliyati tahlil qilinib, bajarilgan ishlar bo‘yicha sarhisob qilindi. Erishilgan natijalar e’tirof etilib, kelgusi davr uchun ustuvor vazifalar belgilab olindi.

Izohlar (0)

Izoh qoldirish

Tavsiya etiladigan maqolalar