← Blog

“Getwork” va Latviyaning “Kreiss Logistics” kompaniyasi o‘rtasida strategik hamkorlik uchrashuvi bo‘lib o‘tdi

1 daqiqa o'qish 6 ko'rish
“Getwork” va Latviyaning “Kreiss Logistics” kompaniyasi o‘rtasida strategik hamkorlik uchrashuvi bo‘lib o‘tdi

Latviyaning yetakchi transport va logistika korxonalaridan biri bo‘lgan “Kreiss Logistics” kompaniyasi vakillari “Getwork” XBA bosh idorasiga tashrif buyurishdi.

Tashrif davomida ikki tomonlama rasmiy uchrashuv o‘tkazilib, unda o‘zaro manfaatli va uzoq muddatli hamkorlikni rivojlantirish masalalari atroflicha muhokama qilindi.

Muloqot chog‘ida o‘zbekistonlik tajribali mutaxassislarni, xususan, yuk mashinasi (trak) haydovchilarini Latviya hamda Yevropa Ittifoqi mamlakatlarida xalqaro yo‘nalishlar bo‘yicha rasmiy va qonuniy ish bilan ta’minlash, ularga munosib mehnat sharoitlarini yaratish hamda tanlov jarayonlarini tizimli tashkil etish masalalari muhokama qilindi.

Izohlar (0)

Izoh qoldirish

Tavsiya etiladigan maqolalar