← Blog

Bitiruvchilarni ichki va tashqi mehnat bozoriga tayyorlash masalalari muhokama qilindi

1 daqiqa o'qish 7 ko'rish
Bitiruvchilarni ichki va tashqi mehnat bozoriga tayyorlash masalalari muhokama qilindi

Kasbiy ta’lim agentligi direktori hamda “Getwork” xususiy bandlik agentligi vakillari o‘rtasida rasmiy uchrashuv bo‘lib o‘tdi. Muloqot davomida yoshlarni zamonaviy mehnat bozori talablariga mos ravishda tayyorlash va ularning bandligini ta’minlash borasidagi istiqbolli rejalar ko‘rib chiqildi.

Uchrashuv davomida quyidagi asosiy masalalar atroflicha muhokama qilindi:

  • Texnikum bitiruvchilarining bandligini ta’minlash va ularni doimiy ish o‘rinlari bilan qamrab olish;
  • Bitiruvchilarni ichki va tashqi mehnat bozori ehtiyojlariga mos keladigan xaridorgir kasblarga tayyorlash;
  • Zamonaviy mehnat bozori talablaridan kelib chiqqan holda, yoshlarning amaliy ko‘nikmalarini oshirish;
  • Kasbiy tayyorgarlik va xorijiy tillarni o‘rgatish bo‘yicha qisqa muddatli o‘quv kurslarini tashkil etish.

Ushbu hamkorlik bitiruvchilarning nafaqat mamlakatimizda, balki xalqaro mehnat bozorida ham munosib o‘rin topishlariga xizmat qiladi.

Izohlar (0)

Izoh qoldirish

Tavsiya etiladigan maqolalar