← Blog

Namangan universitetlari bilan xalqaro «Work and Travel» dasturi doirasida hamkorlik yo‘lga qo‘yildi

1 daqiqa o'qish 2 ko'rish
Namangan universitetlari bilan xalqaro «Work and Travel» dasturi doirasida hamkorlik yo‘lga qo‘yildi
Getwork xususiy bandlik agentligining «Work and Travel» dasturi doirasida Namangan viloyatidagi oliy ta’lim muassasalari bilan hamkorlik memorandumlari imzolandi. Joriy yilning 29-aprel – 1-may kunlari davomida quyidagi 5 ta oliy ta’lim muassasasi bilan hamkorlik memorandumlari imzolandi: — Turan International university — Namangan davlat texnika universiteti — Namangan davlat chet tillari instituti — Namangan davlat universiteti — Toshkent iqtisodiyot va texnologiyalar universiteti Namangan filiali Mazkur memorandumlar talabalarga xalqaro «Work and Travel» dasturlari orqali xorijda ishlash va tajriba orttirish imkoniyatlarini kengaytirish, shuningdek, yoshlarning xalqaro mehnat bozori bo‘yicha bilim va ko‘nikmalarini rivojlantirishga xizmat qiladi. Getwork xususiy bandlik agentligi kelgusida ham oliy ta’lim muassasalari bilan hamkorlikni yanada kengaytirish hamda yoshlar uchun yangi imkoniyatlar yaratish yo‘lida faoliyat olib boradi.

Izohlar (0)

Izoh qoldirish

Tavsiya etiladigan maqolalar