← Blog

Xorazmda fura haydovchilari uchun kasbiy imtihon o‘tkazildi

1 daqiqa o'qish 0 ko'rish
Xorazmda fura haydovchilari uchun kasbiy imtihon o‘tkazildi
Soʻnggi yillarda fuqarolarimiz Polsha, Latviya, Liviya, Germaniya, Bolgariya kabi davlatlarida xalqaro yuk tashish sohasida faoliyat yuritib kelmoqda. Mazkur yoʻnalishda oʻrtacha oylik daromad 2000 – 3000 yevro atrofida boʻlib, tajriba va ish hajmiga qarab bu koʻrsatgichlar yuqorilab boradi. Bugungi kunda Xorazm viloyati mehnat salohiyati va keng imkoniyatlari bilan bilan alohida e’tibor qozonmoqda. Hududda yoʻlga qoʻyilgan saralash va tayyorlash jarayonlari mahalliy kadrlarni xalqaro mehnat bozoriga, xususan Yevropa logistika tizimiga yoʻnaltirishga xizmat qilmoqda. Shu jarayonlar doirasida Xorazmda xalqaro standartlar asosida fura haydovchilari uchun navbatdagi kasbiy imtihonga start berildi. Imtihon ochiq maydonda tashkil etilib, nomzodlar belgilangan tartibda roʻyxatdan oʻtib, bosqichma-bosqich sinovlarga jalb etildi. Baholash mezonlari aniq va shaffof tarzda belgilangan boʻlib, saralash ikki bosqichda amalga oshirildi. Birinchi bosqich nazariy sinovdan iborat boʻlib, unda ishtirokchilarning xalqaro yoʻl harakati qoidalari, logistika tizimi va xavfsizlik standartlari boʻyicha bilimlari tekshirildi. Birinchi bosqichdan muvaffaqiyatli oʻtganlar nomzodlar keying bosqichga yoʻl olishdi. Ikkinchi bosqich amaliy sinovdan iborat boʻlib, unda haydovchilarning transport vositasini boshqarish mahorati, manyovr qilish qobilyati hamda real ish sharoitida toʻgʻri qaror qabul qilish malakalari tekshirildi. Jarayon davomida mutaxassislar tomonidan qayd etilishicha, imtihonlar Yevropa ish beruvchilari talablari asosida tashkil etilgan boʻlib, bir qator nomzodlar yuqori natijalar bilan imtihondan oʻtdi. Tadbir ishtirokchilaridan biri oʻz fikrida ushbu jarayon orqali nafaqat ish topish, balki oʻz ustida ishlash va yangi bosqichga chiqish imkoniyati yaratilayotganini ta’kidladi. Shu nuqtai nazardan, Getwork tomonidan amalga oshirilayotgan bunday tashabbuslar mahalliy mutaxassislarni xalqaro mehnat bozori talablariga mos ravishda tayyorlashning amaliy ifodasi bo‘lib xizmat qilmoqda.

Izohlar (0)

Izoh qoldirish

Tavsiya etiladigan maqolalar