← Blog

Latviyalik ish beruvchilar ishtirokida ishga qabul suhbatlari tashkil etildi

1 daqiqa o'qish 2 ko'rish
Latviyalik ish beruvchilar ishtirokida ishga qabul suhbatlari tashkil etildi
2026-yil 16-aprel kuni Getwork xususiy bandlik agentligi bosh ofisida Latviyalik ish beruvchilar ishtirokida ishga qabul suhbatlari tashkil etildi. Tadbir davomida quruvchilar, elektriklar, xona tozalovchilar, ishlab chiqarish xodimlari hamda stanok operatorlaridan iborat yuzga yaqin nomzodlar ishtirok etdi. Suhbatlar jarayonida Latviyalik ish beruvchilar va fuqarolar o‘rtasida to‘g‘ridan-to‘g‘ri muloqot yo‘lga qo‘yilib, munosib nomzodlar saralab olindi. Nomzodlar bilan bevosita suhbat o‘tkazilib, ularning malakasi va ish tajribasi bilan tanishdilar hamda kadrlar bo‘yicha o‘z fikrlarini bildirdilar. Ishtirokchilar esa suhbat jarayoni haqida o‘z taassurotlari bilan o‘rtoqlashib, berilgan savollar va tanlov jarayoni ochiq va tushunarli bo‘lganini ta’kidladilar.

Izohlar (0)

Izoh qoldirish

Tavsiya etiladigan maqolalar