← Blog

Chinoz tumanida «Xavfsiz migratsiya» mavzusida tadbir bo‘lib o‘tdi

1 daqiqa o'qish 0 ko'rish
Chinoz tumanida «Xavfsiz migratsiya» mavzusida tadbir bo‘lib o‘tdi
21-aprel kuni Toshkent viloyati, Chinoz tumanida “Xavfsiz migratsiya” mavzusida keng ko‘lamli tadbir bo‘lib o‘tdi. Mazkur tadbir Chinoz tumani hokimiyati tomonidan tashkil etilib, unda Migratsiya agentligi vakillari, Getwork xususiy bandlik agentligining Toshkent viloyati filiali, shuningdek, Rossiya va Latviyadan tashrif buyurgan ish beruvchilar ishtirok etdi. Tadbir davomida ishtirokchilarga xavfsiz va qonuniy mehnat migratsiyasi, xorijda ishga joylashish jarayonlari hamda mavjud imkoniyatlar haqida batafsil ma’lumotlar taqdim etildi. Shuningdek, Getwork xususiy bandlik agentligi tadbirda faol ishtirok etib, o‘z faoliyati, xalqaro hamkorlik yo‘nalishlari hamda nomzodlarga yaratilayotgan imkoniyatlar yuzasidan taqdimot o‘tkazdi. Bunday tadbirlar aholining migratsiya jarayonlari bo‘yicha xabardorligini oshirish, shuningdek, ishonchli va xavfsiz ishga joylashish imkoniyatlarini kengaytirishda muhim ahamiyat kasb etadi.

Izohlar (0)

Izoh qoldirish

Tavsiya etiladigan maqolalar