Slovakiyalik ish beruvchilar ishtirokida payvandchilar uchun amaliy imtihon o‘tkazildi
11-may kuni Angren shahridagi o‘quv markazida slovakiyalik ish beruvchilar ishtirokida payvandchilar uchun amaliy imtihon tashkil etildi. Sinov jarayonida nomzodlar payvandlash bo‘yicha o‘z amaliy ko‘nikmalarini namoyish etdilar. Ish beruvchilar esa har bir ishtirokchining ish sifati, texnik yondashuvi va tajribasini bevosita kuzatib, baholadilar. Amaliy imtihonda jami 20 nafar nomzod ishtirok etdi. Yakuniy natijalarga ko‘ra, 11 nafar ishchi sinovdan muvaffaqiyatli o‘tib, keyingi bosqichga tavsiya qilindi. Bunday amaliy imtihonlar mutaxassislarni xalqaro talablar asosida saralash hamda ularning xorijiy ish beruvchilar bilan to‘g‘ridan to‘g‘ri ishlash imkoniyatiga ega bo‘lishida muhim ahamiyat kasb etadi. Getwork xalqaro hamkorlar bilan birgalikda malakali kadrlarni tayyorlash va ularning xorijda ish faoliyatini boshlashiga ko‘mak berishda davom etadi.
