Getwork xususiy bandlik agentligi va Hitium o‘quv markazi o‘rtasida hamkorlik memorandumi imzolandi
Getwork xususiy bandlik agentligi Hitium o‘quv markazi bilan hamkorlik memorandumini imzoladi. Ushbu kelishuv tomonlar o‘rtasida malakali kadrlar tayyorlash va kasbiy ta’lim tizimini rivojlantirishga qaratilgan. Hitium o‘quv markazi payvandchilik kasbiga ixtisoslashgan ta’lim markazi bo‘lib, o‘quvchilarga nazariy bilimlar bilan bir qatorda amaliy ko‘nikmalar ham beradi. O‘quv jarayoni yakunida tinglovchilarga kasbiy sertifikat olish imkoniyati yaratiladi. Hamkorlik doirasida Hitium o‘quv markazini muvaffaqiyatli tamomlagan mutaxassislarni Yevropa davlatlari mehnat bozoriga yo‘naltirishda ko‘maklashiladi. Mazkur memorandum kasbiy tayyorgarlik sifatini oshirish hamda xalqaro mehnat bozori uchun raqobatbardosh mutaxassislar tayyorlashga xizmat qiladi.
