← Blog

Getwork latviyalik hamkorlar bilan uchrashuv o‘tkazdi

1 daqiqa o'qish 0 ko'rish
Getwork latviyalik hamkorlar bilan uchrashuv o‘tkazdi
Getwork Xususiy bandlik agentligi xalqaro hamkorlik tarmogʻini kengaytirishda davom etmoqda. Joriy haftada agentlik, tashrif buyurgan HR va rekruting sohasi vakillari bilan uchrashuv oʻtkazdi. Uchrashuv davomida kadrlarni oʻqitish, mehnat bozoriga jalb qilish, malakali mutaxasisslarni tanlab olish, ularni ishga joylashtirish kabi bir qator masalalar muhokama qilindi. Muzokaralar yakunida Latviyalik vakillar — Veronika Xlud va Yaroslava Borodina bilan memorandum imzolanib, hamkorlik masalalari mustahkamlandi. Shuningdek, jarayon davomida viza va migratsiya jarayonlarini samarali tashkil etish, ushbu uzoq muddatli strategik hamkorlikni davom ettirish imkoyatlari muhokama qilindi. Getwork uzoq yillik ish faoliyati davomida Oʻzbekistondagi minglab mutaxasisslarni Yevropa va Yaqin Sharq mamlakatlarining rekruting kompaniyalari bilan muntazam bogʻlab kelmoqda. Bu kabi hamkorliklar xalqaro mehnat bozorini yetarli ishchi kuchi bilan taminlab, kadrlar uchun yangi istiqbollarni ochib beradi.

Izohlar (0)

Izoh qoldirish

Tavsiya etiladigan maqolalar