← Blog

Getworkda payvandchilar uchun imtihon o‘tkazildi

1 daqiqa o'qish 1 ko'rish
Getworkda payvandchilar uchun imtihon o‘tkazildi
Joriy yilning 17-18-aprel sanalarida Getwork xususiy bandlik agentligi tomonidan Latviyalik ish beruvchilar boshchiligida payvandchilar uchun amaliy imtihon tashkil etildi. 17-aprel kuni imtihon Chirchiq shahrida, 18-aprel kuni esa Xorazm viloyatida bo‘lib o‘tdi. Unda svarka sohasida faoliyat yuritayotgan nomzodlar o‘z bilim va amaliy ko‘nikmalarini namoyish etish imkoniyatiga ega bo‘lishdi. Imtihon davomida ishtirokchilarning kasbiy mahorati, texnik bilimlari hamda ish jarayonidagi aniqlik va xavfsizlik qoidalariga rioya qilishi baholandi. Jarayon yakunida talabga javob bergan nomzodlar saralab olindi. Mazkur tashabbus xorijiy ish beruvchilar talablariga mos, malakali mutaxassislarni tayyorlash va tanlab olishga qaratilgan bo‘lib, Getwork tomonidan bu kabi amaliy sinovlar muntazam ravishda tashkil etib kelinmoqda.

Izohlar (0)

Izoh qoldirish

Tavsiya etiladigan maqolalar