← Blog

Getwork bosh ofisida treninglar tashkil etildi

1 daqiqa o'qish 0 ko'rish
Getwork bosh ofisida treninglar tashkil etildi
Joriy yilning 24-25-aprel kunlari Getwork xusuiy bandlik agentligining bosh ofisida hududiy filiallar vakillari ishtirokida treninglar tashkil etildi. Unda Xorazm, Namangan, Farg‘ona, Sirdaryo, Angren hamda Nurafshon filiallarining boshqaruvchi menejerlari qatnashdi. Mazkur trening doirasida ishtirokchilar uchun amaliy va nazariy bilimlarni mustahkamlashga qaratilgan mahorat darslari o‘tkazildi. Jumladan, marketing, inson resurslarini boshqarish (HR), buxgalteriya hisobi, call center faoliyati, mavsumiy ishlarni tashkil etish, xalqaro yo‘nalishlarda ishlash hamda hujjatlar bilan ishlash jarayonlari bo‘yicha batafsil ma’lumotlar berildi. Shuningdek, tadbir davomida ishtirokchilar tomonidan berilgan savollarga soha mutaxassislari tomonidan atroflicha va amaliy javoblar taqdim etildi. Treningning asosiy maqsadi filiallar faoliyatini yagona tizim asosida tashkil etish, o‘zaro tajriba almashishni yo‘lga qo‘yish hamda ish jarayonlari samaradorligini oshirishdan iborat bo‘ldi.

Izohlar (0)

Izoh qoldirish

Tavsiya etiladigan maqolalar