Toshkentda «Yevropa – O‘zbekiston 2026» ijtimoiy-iqtisodiy forumi bo‘lib o‘tdi
1 daqiqa o'qish 1 ko'rish
2026-yil 28-mart kuni Toshkent shahrida “Yevropa–O‘zbekiston 2026” ijtimoiy-iqtisodiy forumi bo‘lib o‘tdi. Tadbir Hampton by Hilton mehmonxonasida tashkil etilib, unda davlat tashkilotlari vakillari, xalqaro kompaniyalar, ta’lim muassasalari hamda ish izlovchilar ishtirok etdi. Forum “Birlashgan biznes klublari” assotsiatsiyasi va “EU Assistance” MChJ tomonidan Bolgariya–O‘zbekiston savdo-sanoat palatasi, Migratsiya agentligi hamda Bolgariya Respublikasining Toshkentdagi elchixonasi ko‘magida o‘tkazildi.
Forum davomida Yevropa davlatlarida, xususan Bolgariyada ish o‘rinlari, mehnat va yashash sharoitlari, mehnat migratsiyasi bo‘yicha qonunchilik va ruxsatnomalar, ish vizalarini olish jarayonidagi muammolar va ularning yechimlari muhokama qilindi. Shuningdek, O‘zbekiston fuqarolari uchun Yevropa Ittifoqida qonuniy ishlash, yashash hamda biznes ochish imkoniyatlari haqida batafsil ma’lumot berildi.
Forumda Getwork xususiy bandlik agentligi vakillari ham faol ishtirok etib, mehnat migratsiyasi, ish vizalari va Yevropada ishga joylashish jarayonlariga oid dolzarb savollar bilan qatnashdi. Mutaxassislar bilan bo‘lib o‘tgan ochiq muloqot davomida Getwork jamoasi tomonidan berilgan savollar tadbir muhokamalarining amaliy ahamiyatini yanada oshirdi.Shuningdek, tadbirda “Horizon Europe” va “Erasmus+” kabi yirik Yevropa dasturlari doirasida ta’lim, malaka oshirish, startaplar va rivojlanayotgan bizneslarni qo‘llab-quvvatlash uchun ajratiladigan grantlar haqida ham so‘z yuritildi.
Forumda Migratsiya agentligi, Yevropa davlatlari elchixonalari, xalqaro rekruting kompaniyalari, xorijiy ish beruvchilar hamda universitetlar vakillari ma’ruza qilib, ishtirokchilarga amaliy tavsiyalar berdi.
Mazkur forum O‘zbekiston va Yevropa davlatlari o‘rtasida mehnat migratsiyasi, ta’lim va biznes yo‘nalishlaridagi hamkorlikni yanada mustahkamlashga xizmat qilishi ta’kidlandi.
Yorliqlar
Izohlar (0)
Tavsiya etiladigan maqolalar
#Getwork#getworkuzbekistan
Getwork va Guliston davlat pedagogika instituti o‘rtasida hamkorlik memorandumi imzolandi
09:59, 1-iyn, 2026 105
#Getwork#getworkuzbekistan
Getwork xususiy bandlik agentligi hamda Toshkent kimyo-texnologiya instituti Yangiyer filiali o‘rtasida memorandum imzolandi
07:39, 26-may, 2026 29
#EU#Getwork#getworkuzbekistan
Getwork xususiy bandlik agentligi hamda Guliston davlat universiteti o‘rtasida memorandum imzolandi.
08:35, 21-may, 2026 30
